Uz Flag
UZ

Universitetga kirishni xohlaysizmi?

Akam sizga DTM testlari, imtihon materiallari va universitet tanlashda yordam beradi. Rivojlanishingizni biz bilan boshlang!

Bepul ro'yxatdan o'tish

Oliygohlar

Oliygohni tanlang - Imtihonni yeching

N

Nordic University

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi, 22-a uy

Xalqaro Nordik Universiteti — Toshkentda faoliyat yuritayotgan xalqaro xususiy oliy ta’lim muassasasi. Bu yerda talabalar zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olib, o‘qish davomida chet el universitetlarida davom ettirish, double degree dasturlarida qatnashish va xalqaro darajadagi diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Nordik — ta’limni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtiradigan, yoshlarni kelajakga tayyorlaydigan ochiq va innovatsion universitet.
Kontrakt to’lovi14 000 000 - 23 400 000 UZS
Yo'nalishlar16
I

IT Park University

IT Park University, O'zbekiston, Toshkent shahri, Maxtumquli ko'chasi, 114A

ITPU’ning o’quv dasturlari axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy ta’limni taqdim etadi. Bizning o’qitish uslublarimiz mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va doimiy ravishda tendentsiyalarga muvofiq yangilanib boradi.
Kontrakt to’lovi25 400 000 - 45 000 000 UZS
Yo'nalishlar2
F

Farrux university of Management and Future Technologies

Toshkent sh. Diydor ko`chasi. 71

University of Management and Future Technologies - bu Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvi sohalarida kadrlar tayyorlaydigan yetakchi nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Universitet xalqaro hamkorlik asosida qo'shma diplom dasturlarini va xalqaro sertifikatlar olish imkoniyatini taklif etadi, bu esa talabalarga global bozorda raqobatbardosh bo'lish imkonini beradi.
Kontrakt to’lovi16 000 000 - 32 000 000 UZS
Yo'nalishlar15
D

Diplomat University

O'zbekiston, 100047, Toshkent, Sayilgoh k-si, 1, Diplomat University.

Diplomat University - kreativ yoshlarga sifatli ta’lim eshiklarini ochuvchi yangi avlod Universiteti. Universitetimiz global bozorda raqobatbardosh hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Ilg‘or ta’lim texnologiyalari hamda xalqaro standartlar asosida iqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, axborot texnologiyalari, filologiya (arab, ingliz va xitoy), biznesni boshqarish, marketing, buxgalteriya hisobi, bank ishi, psixologiya kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha zamonaviy kadrlarni yetishtirib beradi.
Kontrakt to’lovi24 000 000 - 30 000 000 UZS
Yo'nalishlar12
I

International Digital University

Uzbekistan, Tashkent city, Akkurgan st. 31/1

International Digital University (IDU) – bu zamonaviy raqamli texnologiyalar va biznes sohalariga ixtisoslashgan universitet bo‘lib, Britaniya ta’lim standartlariga asoslangan dasturlarni taklif qiladi. IDU Buyuk Britaniyaning University of Wolverhampton bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi, bu esa talabalar uchun xalqaro darajadagi bilim olish va Britaniya diplomiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Universitetda o‘qitish ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi. IDU amaliy ta’limga urg‘u berib, IT va biznes sohalarida raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirishga qaratilgan.
Kontrakt to’lovi13 000 000 - 35 000 000 UZS
Yo'nalishlar4
U

University of Digital Economics and Agrotechnologies

Boshlik street, Yakkasaray district, Tashkent, 100022, Uzbekistan

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti 2022-yil 7-yanvarda tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya (No325388) berilgan. Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (O‘zbekiston) Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) bilan intellektual rag‘batlantiruvchi, madaniy jihatdan boyituvchi va innovatsion ta’lim muhitini taklif etish orqali talabalarni global karyeraga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.
Kontrakt to’lovi22 200 000 - 39 800 000 UZS
Yo'nalishlar6
Studentlar rasmi

2025-yilda siz kira oladigan OTMlar

Bilimlaringizni sinab ko’ring va talaba bo’ling

Sinab ko'rish

Akam Mobile

Barcha fanlar va testlar uchun bitta o‘quv ilovasi

Barcha fanlar va testlar uchun yagona ilova yordamida o‘qish jarayonini yanada samarali qiling. Har bir fan bo‘yicha keng qamrovli materiallar, testlar va mashqlarni topib, bilimlaringizni oshiring va imtihonlarga tayyorlaning.

Download on the App Store

Mavzuli test

Turli fanlar bo‘yicha bilimlarni sinovdan o‘tkazing

Mavzulashtirilgan testlar yordamida matematika, fizika, biologiya va boshqa fanlardan bilimlaringizni baholang. Har bir test sizning bilim darajangizni aniqlash uchun yaratilgan.

Tez-tez beriladigan savollar